Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari boʻyicha hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslariga boʻlinadi. Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslaridir. Davlat sirlari toʻgʻrisidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qoʻyilgan axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslariga kiradi. Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini taʼminlashi kerak. Axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi.