Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 1-modda. Taʼriflar

Bank — tijorat tashkiloti boʻlib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablagʻlardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; toʻlovlarni amalga oshirish. Omonat (depozit) — talab qilinishi bilanoq yoki toʻlovni amalga oshiruvchi shaxs bilan toʻlovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari oʻrtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq toʻlagan holda yoxud bunday toʻlovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi. Chet el banki — chet el bankining oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan shuʼba banki boʻlib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan toʻlanadi.