Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 11-modda. Bank ochish uchun oldindan Markaziy bankning ruxsatnomasini olish asoslari va muddatlari

Litsenziya berishdan oldin Markaziy bank arizachilarga bank tashkil etish sohasidagi faoliyatlarini davom ettirish imkonini beradigan dastlabki ruxsatnomani beradi. Dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi qaror ariza va u bilan birga barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab koʻpi bilan uch oy ichida qabul qilinadi va muassislarning moliyaviy imkoniyatlarini hamda obroʻsini, bank rahbarligiga taklif etilayotganlarning kasb malakalarini, biznes-rejani, moliyaviy rejani, kapitalning tuzilishini, tegishli bank binolari va uskunalar bilan taʼminlash imkoniyatlarini baholashga asoslanadi.