Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish uchun muassislar dastlabki ruxsatnoma olingan kundan boshlab uzogʻi bilan olti oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan talablarni bajarishlari kerak. Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish haqidagi qaror Markaziy bank talablari bajarilgan kundan koʻpi bilan bir oylik muddatda chiqariladi.