Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 22-modda. Bankning boshqaruv organlari

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi. Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat: omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan kreditlash va mablagʻlarni investitsiyalashning toʻgʻriligini nazorat qilish; bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan boʻshatish; bank kapitalining bir tekis oʻsib borishini taʼminlab turish; bank siyosatini ishlab chiqish; qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlash. Bank kengashi aʼzolari kamida besh kishidan iborat boʻlishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi aʼzosi boʻlishlari mumkin. Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oldida hisobdordir.