Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 36-modda. Vasiylikni tayinlash

Bankning muvaqqat maʼmuriyatini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish haqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Bankning oldindan vasiydan rozilik olmay qilgan harakatlari haqiqiy emas.