Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 43-modda. Banklar auditi

Banklarning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tekshirishlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlar tomonidan har yili tekshirib turilishi lozim. Audit, xususan, kapitalning yetarliligini baholash, ssudalarni tasniflash, ssudalar boʻyicha zararlarni qoplash, tavakkalchilikni va likvidlikni oʻlchashni oʻz ichiga oladi. Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ichki auditorlik dasturlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari ham shart.