Bojxona kodeksi 123-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar

Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga: bojxona yuk deklaratsiyasini; tovarning kuzatuv hujjatlarini; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan yoʻq qilish dalolatnomasini taqdim etadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda yoʻq qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.