Bojxona kodeksi 138-modda. Ruxsatnoma berishni rad etish

Ruxsatnoma berishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi: ruxsatnoma berish uchun zarur hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi; tovarlarning ushbu Kodeksga muvofiq ruxsatnoma olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun belgilangan talablar va shartlarga mos emasligi; vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi. Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va vakolatli shaxs mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi). Vakolatli shaxs rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas. Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish, vakolatli shaxsning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli shaxsning hujjatlari takroran koʻrib chiqilganligi uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda bojxona organi tomonidan ilgari xabarda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi mustasno. Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda ko