Bojxona kodeksi 14-modda. Yengib boʻlmas kuch taʼsiri

Tabiat hodisalari (zilzilalar, yer koʻchishlari, dovullar, qurgʻoqchiliklar va hokazo) yoki yuridik va jismoniy shaxslarning xohish-irodasi hamda xatti-harakatlariga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar sababli kelib chiqqan, shuning oqibatida mazkur shaxslar qabul qilgan majburiyatlarini bajara olmaydigan favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan, kutilmagan holatlar yengib boʻlmas kuch taʼsiri hisoblanadi.