Ruxsatnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi: vakolatli shaxsning ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra; ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Ruxsatnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. Ruxsatnoma bekor qilingan taqdirda, u bojxona organlariga qaytarilmaydi. Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi. Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.