Bojxona kodeksi 157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilmasligi

Bojxona toʻlovlari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi: jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida; jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno; doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno.