Bojxona organining talabiga koʻra vakolatli shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi, shuningdek bojxona nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlarning oʻrov-idishini ochishi, ularni tarozida tortishi yoki boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashi shart. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda boshqa operatsiyalar bojxona organi uchun biror-bir qoʻshimcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak.