Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda hamda ushbu hududdan olib chiqilayotganda ularni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yoʻl qoʻyiladi va transport vositalarini maxsus belgilangan joylarda toʻxtatgan holda, bojxona organlarining ish vaqtida amalga oshiriladi. Mazkur talabga rioya etilmagan taqdirda bojxona organlari ushbu transport vositalarini majburiy toʻxtatib qoʻyadilar. Tovarlar olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan quyidagi maxsus jihozlangan joylar bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari hisoblanadi: havo transporti orqali olib oʻtishda — bojxona hududidagi yetib kelinadigan (joʻnatiladigan) aeroport yoki tovarlarni tashiyotgan havo kemasi qoʻnadigan (parvoz qiladigan) va tovarlarni tushiradigan (yuklaydigan) birinchi (oxirgi) aeroport; daryo transporti orqali olib oʻtishda — bojxona hududidagi tovarlar tushiriladigan (ortiladigan) birinchi (oxirgi) daryo porti yoki qayta yuklanadigan daryo porti; quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari boʻyicha olib oʻtishda — hisobga olish asboblarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan joylari; ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan boshqa turdagi transportda olib oʻtishda — yoʻnalishdagi birinchi (oxirgi) bojxona organi. Bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari joylashgan yerlar, bojxona organlarining ish vaqti, transport vositalarining toʻxtash va turish joylari, ular turishining davomiyligi, shuningdek mazkur joylarning oʻtkazish punktlarida koʻrsatilishi tegishli vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Bojxona chegarasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi bir-biriga toʻgʻri kelib qolgan joylarda bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktlari joylashadigan yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkam