Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar oʻtkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir. Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi toʻgʻri boʻlishini nazorat qilish uchun; ularni qayta ishlash mahsulotlarida; intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir.