Bojxona kodeksi 227-modda. Tovarlar bojxona plombalari va muhrlari ostida tashilayotgan transport vositalarining jihozlanishiga doir talablar

Bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish uchun transport vositalari quyidagi talablarga rioya etilgan holda konstruksiyalangan va jihozlangan boʻlishi kerak: bojxona plombalari va muhrlarini bevosita transport vositasiga oddiy va ishonchli usulda qoʻyish mumkinligi; tashilayotgan tovarni transport vositasining plombalangan qismidan koʻzga tashlanadigan izlar qoldirmasdan chiqarib olish yoki unga boshqa tovarni joylash yoxud bojxona tamgʻalariga yoki muhrlariga shikast yetkazish imkoniyati yoʻqligi; transport vositasi va uning yuk boʻlmalari ularning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan konstruksiyasiga doir texnik talablarga muvofiq boʻlishi kerak va ularda tashilayotgan tovarlarni yashirish uchun moʻljallangan xufiya joylar mavjud boʻlmasligi kerak; transport vositasining tovarlar turishi mumkin boʻlgan yuk boʻlmalarining tuzilishi bojxona koʻzdan kechiruvi uchun erkin kirib chiqishni taʼminlashi kerak. Transport vositasining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) olish yoʻli bilan oldindan tasdiqlanishi mumkin. Bojxona organlari transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun oldindan ruxsat olinishini talab qilmaydi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar: tovarlarni tashish bojxona tashuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa; ruxsat olinishi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa. Guvohnoma bojxona organi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari asosida beriladi hamda yuk tashuvchi avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalar uchun tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishni amalga oshirish uchun ruxsat hisoblanadi. Guvohnoma: arizachi yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni ishlatuvchi yuridik y