Bojxona kodeksi 231-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish

Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda; avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari almashganda; guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi.