Bojxona kodeksi 235-modda. Bojxona tashuvchisi

Bojxona tashuvchisi: avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan; ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlagan; ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositasiga ega boʻlgan; Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sugʻurtalash shartnomasi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsidir. Bojxona tashuvchisi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda amalga oshiradi. Bojxona tashuvchilarining tovarlarni joʻnatuvchilar va oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.