Bojxona tashuvchisi quyidagilarga haqli: 1) bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda tashishga; 2) quyidagi hollarda tovarlarni va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka, agar: tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa; avtotransport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga shunday taʼminlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa. Bojxona tashuvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Bojxona tashuvchisi: bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlarning hisobini yuritishi va bojxona organlariga shunday tovarlarni tashish toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi; bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu Kodeks 235-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan talablarni bajarishni bazaviy hisoblash miqdori oshgan kundan eʼtiboran bir oy ichida taʼminlashi; tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etadigan axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; tovarlarni joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan joyga, yoʻnalishda va muddatlarda, ularning oʻrovini yoki holatini oʻzgartirmasdan, bundan tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar mustasno, yetkazib berishdan boshqa maqsadlarda foydalanmasdan yetkazib berishi; tovarlarni va ularga oid hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etishi, ushbu bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra esa tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga amalda taqdim etishi; bitta avtotransport vositasida bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi; tashilayotgan tovarlarning but saqlanishini