Bojxona kodeksi 263-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlar

Bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga zarur hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasida va taqdim etilgan boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan axborotni tekshirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli. Mazkur hujjatlarning va qoʻshimcha maʼlumotlarning roʻyxati bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi. Bojxona organiga xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Bojxona organi yetishmayotgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilaydi.