Bojxona kodeksi 274-modda. Deklarantga qoʻyiladigan talablar

Quyidagilar deklarant boʻlishi mumkin: 1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi; 2) chet ellik shaxs: tovarlarni notijorat maqsadlarda olib oʻtuvchi jismoniy shaxs; ushbu Kodeksning X boʻlimiga muvofiq bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi shaxs; Norezidentning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan vakolatxonaga ega boʻlgan shaxs shunday vakolatxonalarning oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga, shuningdek erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishni maʼlum qilganda; tashuvchi tovarlar bojxona nazorati ostida tashilayotganda. 3) tovarlar tranzit bojxona rejimida tashilayotganda: “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati — temir yoʻl transportida; tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi shaxs (haydovchi yoki vakolatli shaxs) — avtomobil transportida.