Bojxona kodeksi 31-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar

Eksport bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.