Bojxona kodeksi 338-modda. Nazorat qilinishi bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirishda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori

Nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi: agar bojxona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha maʼlum qilinayotgan boʻlsa, bir kvadrat metr maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida yoki agar bojxona ombori yoxud erkin ombor sifatida bino maʼlum qilinayotgan boʻlsa, binoning bir kub metr hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan kam boʻlmagan summasi miqdorida — bojxona ombori yoki erkin ombor egalari uchun; bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravari miqdorida — boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining egalari uchun; bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravari miqdorida — bojxona tashuvchisi uchun.