Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida Oʻzbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan bankning kafolati qoʻllanilishi mumkin. Bank kafolatida koʻrsatilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak. Toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar qonunchilikka muvofiq soʻzsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojxona organi tomonidan undirib olinadi.