Kafilning bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs oʻrniga bojxona toʻlovlari va foizlarning toʻlanishini taʼminlash niyati toʻgʻrisidagi yozma majburiyati bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida qoʻllanilishi mumkin. Kafil sifatida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin. Kafil ushbu Kodeksning 340-moddasiga muvofiq bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga taʼminlash summalarini kiritish orqali bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni amalga oshiradi. Kafillik bilan taʼminlanadigan majburiyat bajarilmaganligi uchun kafil va toʻlovchi bojxona organi oldida solidar javobgar boʻladi.