Bojxona kodeksi 382-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish borasida bojxona organlari tomonidan koʻriladigan choralar

Bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish choralarini koʻradi. Bojxona hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun bojxona organlari: intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turishi; intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishi mumkin.