Bojxona kodeksi 393-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish

Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda bekor qilinadi: amal qilish muddati tugagach; Bojxona organiga huquq egasidan yoki uning vakolatli vakilidan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida ariza kelib tushganda; intellektual mulk obyekti ushbu Kodeks 387-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganda; sudning tovarlarni olib qoʻyish, xatlash yoxud daʼvoni taʼminlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu Kodeks 392-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilmaganda. Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi.