Bojxona kodeksi 402-modda. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida oʻtadigan diplomatik agentlar, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari

Chet davlatning diplomatik agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 401-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga bojxona hududidan tranzit tarzida oʻtayotganda chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi.