Shikoyat bergan shaxs oʻz dalillarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli. Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojxona organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin. Bojxona organi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shikoyat roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kalendar kuni ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshiruv oʻtkazish, qoʻshimcha hujjatlarni talab qilib olish zarur boʻlgan taqdirda esa bir oyga qadar boʻlgan muddatda asoslantirilgan qaror chiqaradi.