Oʻzbekiston Respublikasining va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qoʻyish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha musodara qilingan pul mablagʻlari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qoʻllashda ishtirok etgan davlatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi.
XI ¹ boʻlim. Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish