Bojxona kodeksi 54-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: tovarlarning ayrim turlariga nisbatan bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmaydigan hollar; muayyan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni; bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yoʻl qoʻyishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.