Bojxona kodeksi 7-1-modda. Vakolatli iqtisodiy operator

Qonunchilikda belgilangan tegishli talablarga javob beruvchi yuridik shaxslar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishi mumkin. Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartibi, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlari va vakolatli iqtisodiy operator tomonidan amalga oshiriladigan maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestrini yuritadi va uning oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini hamda kamida har oyda yangilab borilishini taʼminlaydi.