Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat: olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish; tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish; qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga koʻmaklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida toʻliq yoki qisman ishlatilsa, xom ashyo sifatida foydalanish. Mazkur operatsiya ushbu qismda koʻrsatilgan boshqa operatsiyalardan biri bilan bir vaqtda bajarilishi kerak. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kirmaydi: tovarning but saqlanishini taʼminlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari; har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash; har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish; foydali qazilmalarni qazib olish; axborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi axborot tashuvchi jismlarga nusxa koʻchirish va ularni koʻpaytirib olish; texnologik jarayonda yordamchi vosita sifatida chet el tovarlaridan (uskunalar, dastgohlar, moslamalar va boshqalar) foydalanish. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs tomonidan, shuningdek uning topshirigʻiga binoan boshqa shaxs tomonidan, agar ruxsatnomani olgan shaxs koʻrsatilgan operatsiyalarni amalga oshirishning butun muddati davomida ruxsatno