Bojxona kodeksi 73-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar

Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojxona hududida qayta ishlanadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.