Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin: qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga muhrlar qoʻyish va zarur boʻlganda shtamplar qoʻyish, raqamli tarzda va (yoki) boshqacha tarzda tamgʻalash; qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni fotosuratga tushirish yoki boshqa oʻlchamda tasvirlash; qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uning qayta ishlangan mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash; qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzidagi mavjud tamgʻalanishidan yoxud boshqacha tarzdagi tamgʻalanishidan foydalanish. Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Vakolatli shaxsning soʻroviga binoan hamda bojxona organining roziligi bilan ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar toʻgʻrisida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi haqida taqdim etilgan batafsil maʼlumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash taʼminlanishi mumkin. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar: ular ushbu Kodeksning 77-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarga ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa; ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa; bojxona hududida oʻxshash va (yoki) aynan bir xil qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqaril