Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi ikki yil muddatga beriladi. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq mazkur ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojxona rejimini tugallash huquqiga ega. Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin. Ayni bir tovarlarni ayni bir xil sharoitlarda bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha muntazam operatsiyalar amalga oshirilayotganda, shaxsning arizasiga koʻra unga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi soʻralgan muddatga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib kirilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruxsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻxtatib turmaydi. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joyla