Bojxona kodeksi 82-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: tovarlarning muayyan turlariga nisbatan bojxona hududida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmasligi hollarini; tovarlarning muayyan turlarini bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni; tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.