Bojxona kodeksi 99-modda. Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaganidan keyin u bilan amalga oshiriladigan harakatlar

Ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, bojxona organi bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugagan tovarga nisbatan qaror qabul qilinishi uchun sudga murojaat etadi.