Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 14-modda. Bolaning gʻayriqonuniy koʻchirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari

Har bir bola gʻayriqonuniy koʻchirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega. Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masala boʻyicha ota va ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasidagi har qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi. Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolaning yoʻqolganligi haqida tegishli organlarga darhol xabar berishlari shart. Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar hamrohligida boʻlmagan bolalar ularning yoniga kafolatli qaytarilish huquqiga ega. Bolani ota yoki ona yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, yaʼni ota-onaning, ular oʻrnini bosuvchi shaxsning bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, shu jumladan bolani oʻz ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega boʻlgan tashkilotga topshirmasdan qoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari chet elda qonuniy vakillari hamrohligisiz turgan bolalarning — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi va ularning qaytarilishi boʻyicha choralar koʻradi. Ota-onasi bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana shu bolalarni oilaga, bunday imkoniyat boʻlmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun tayinlangan muassasalarga joylashtirish choralarini koʻradi. Qonuniy vakillari hamrohligisiz chet elda turgan bolalarni qaytarish masalalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartno