Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 15-modda. Bolaning oʻz fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari

Bolaga taʼsir koʻrsatadigan har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini erkin ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama jarayonida soʻzlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qatʼi nazar, koʻrib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.