Ijtimoiy yordam uni olish huquqiga ega boʻlgan har bir bolaga tayinlanadi. Ijtimoiy yordam koʻrsatish miqdori, shartlari va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Davlat organlari ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan har bir bolaga, bolalarning joylashtirilishi shaklidan qatʼi nazar, moddiy va boshqa sharoitlarni taʼminlaydi. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan homiylik dasturlarini qonunchilikka muvofiq ragʻbatlantiradi.