Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 4-modda. Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosati

Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash; bolaning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish; bolaning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik; bolaning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini taʼminlash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlash; bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish; bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bagʻrikenglik va tinchliksevarlik tuygʻularini tarbiyalash; bolani Oʻzbekiston xalqining tarixiy va milliy anʼanalari, maʼnaviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish; bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish; bolalar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash; bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish; bola huquqlarini taʼminlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik qilish; bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; bolalarning ijtimoiy koʻnikmasiga, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga koʻmaklashish.