Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi , ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli boʻladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi. Nikohda va nikohsiz tugʻilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi. Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi. Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.