Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaroriga koʻra favqulodda holat sharoitlarida qabul qilinadigan budjetdir. Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida budjet sohasidagi vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qarorlarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi toʻxtatib turiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi tugatilishi bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari parametrlariga aniqlik kiritiladi.