Xarajatlar smetalari budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan, yil oylari boʻyicha taqsimlangan holda: xarajatlarning birinchi — uchinchi guruhlari boʻyicha xarajatlarning moddalariga koʻra ajratib; xarajatlarning toʻrtinchi guruhi boʻyicha xarajatlarning moddalariga koʻra ajratmasdan tuziladi. Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari boʻyicha toʻrtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining roʻyxati boʻyicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi boʻyicha xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi. Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha uch nusxada tuziladi. Iqtisodiyot va moliya organlari va budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi oʻz tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan xarajatlar smetalarini moliya yili uchun budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida koʻrib chiqadi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi. Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tom