Budjet tashkilotining shtat jadvali 1-dekabr holatiga koʻra har bir budjet tashkiloti boʻyicha mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha tuziladi. Yangidan tuzilayotgan budjet tashkilotining shtat jadvali, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, budjet tashkiloti faoliyat koʻrsata boshlashidan ikki oy oldin tuziladi va kuchga kiradi. Lavozimlarning nomlari va xodimlar soni, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar, bazaviy stavkalar: Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida, namunaviy shtatlarda hamda qonunchilik bilan tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif razryadlarida, bazaviy stavkalarda nazarda tutilgan lavozimlarga; tasdiqlangan namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan xodimlar soniga; xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soniga, shu jumladan budjet tashkilotlarining budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan saqlab turilgan boshqaruv xodimlari soniga; davlat boshqaruvi organlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqaruv, xizmatlar koʻrsatuvchi va texnik xodimlari sonining oʻzaro nisbati normativlariga muvofiq boʻlishi kerak. Ish haqining hisob-kitobi tarifikatsiya roʻyxatlariga muvofiq amalga oshiriladigan lavozimlar shtat jadvaliga lavozimlarning har bir guruhi boʻyicha stavkalar soni, oylik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi koʻrsatilgan, tarifikatsiya roʻyxati shtat jadvaliga ilova qilingan holda kiritiladi. Ayrim budjet tashkilotlari uchun tasdiqlangan namunaviy shtat normativlari va mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar, bazaviy stavkalar mavjud boʻlmaganda, ularning shtat jadvallariga kiritiladigan lavozimlarning nomi va xodimlar soni hamda ularning mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari, bazaviy stavkalari ushbu tashkilotlar tomonidan tashkilotning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Kam