Budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qoʻshimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri boʻlib, bu davr mobaynida oʻtgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qoʻshimcha vaqt davridagi ijrosi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.