Budjet kodeksi 133-modda. Budjetlarning darajalari oʻrtasida daromadlar va xarajatlarni oʻtkazish

Daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat budjetini ijro etish jarayonida ushbu Kodeksning 138-moddasida nazarda tutilgan, quyi turuvchi budjetlarning daromadlarini va (yoki) xarajatlarini kamaytirishga yoxud koʻpaytirishga olib keladigan hollarda oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlarni ajratish yoki olib qoʻyish orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.