Tegishli maʼmuriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi budjetga oʻtkaziladigan daromadlar ular qaysi maʼmuriy-hududiy birlikda shakllantirilgan boʻlsa, oʻsha maʼmuriy-hududiy birlik budjetiga oʻtkazib berilishi mumkin. Oʻtkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi: Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga — Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga tushumlari oʻtkazib beriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan tumanlar va shaharlar budjetlariga tushumlari oʻtkazib beriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi. Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga oʻtkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi budjetga tushishi lozim boʻlgan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi. Oʻtk