Budjet kodeksi 145-modda. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlar yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi

Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar mustasno): 10 va undan ortiq foiz miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan; 10 foizdan kam miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar tarkibida nazarda tutilgan qayta taqsimlanadigan mablagʻlar birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni, shuningdek Davlat maqsadli jamgʻarmalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlarni koʻpaytirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi. Bunda qayta taqsimlangan mablagʻlar hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida bir ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan mablagʻlarni boshqa ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish: 10 va undan ortiq foiz miqdorda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda; 10 foizdan kam miqdorda tegishli bi